1

"O`zgidromet" 10 fevral kungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi

Jamiyat 09.02.2023, 12:01
"O`zgidromet" 10 fevral kungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi

"O`zgidromet" 10 fevral kungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 1° sovuq -1° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, Ustyurtda 15° sovuqgacha, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 
2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 
2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

SURXONDARYo VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo`ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 
Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, Farg`ona vodiysining ayrim joylarida 25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo`ladi. 

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARIDA
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. 
Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1