AsosiyJamiyat

Interpol qidiruviga berilgan erkak Moldovadan O`zbekistonga ekstradisiya qilindi

'Interpol qidiruviga berilgan erkak Moldovadan O`zbekistonga ekstradisiya qilindi'ning rasmi

Moldova poytaxti Kishinyov shahrida huquq-tartibot idoralari O`zbekiston va AQShda xalqaro qidiruvga berilgan, terrorizmda ayblangan o`zbekistonlik erkakni qo`lga olgandi. Interpolning O`zbekistondagi Milliy markaziy byurosi ushbu shaxs Toshkentga olib kelinganini ma`lum qildi.

«Hibsga olingan shaxs O`zbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirinib, xalqaro ekstremistik tashkilotga qo`shilgan va u erda terrorchilik harakatlarini sodir etish va tayyorlash bo`yicha o`quv mashg`ulotlarda ishtirok etib, tashkilot etakchilaridan biriga aylangan aytilgan», — deyiladi xabarda.

Gumonlanuvchini qo`lga olish Toshkent va Kishinyov Interpol milliy markaziy byurolarining birgalikdagi harakatlari va tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirilgan. Moldovaning vakolatli organlari tomonidan ekstradisiya masalasi ijobiy hal etilganidan so`ng qidirilayotgan shaxs sud oldida javob berish uchun O`zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar