Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev hukumatga dahshatli zilziladan jabr ko`rgan Suriyaga gumanitar yordam ko`rsatish bo`yicha topshiriq berdi, deb xabar bermoqda “MIR 24” telekanali.
Davlat rahbari matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Suriyaga yordam Islom hamkorlik tashkiloti orqali yuboriladi.
Bir kun avval Suriyada qurbonlar soni 1262 nafarga etgani, 2285 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi.
Avvalroq Qozog`iston hukumati Tokaev topshirig`iga ko`ra, Turkiyaga gumanitar yordam sifatida 1 million dollar ajratgan. Qozog`istonlik qutqaruvchilar va shifokorlar zilziladan jabr ko`rgan hududlarga jo`natilgan.






