AsosiyDunyo

Turkiyadagi zilzila qurbonlarining soni 12873 nafarga etdi, 62937 nafar fuqaro tan jarohati olgan

'Turkiyadagi zilzila qurbonlarining soni 12873 nafarga etdi, 62937 nafar fuqaro tan jarohati olgan'ning rasmi

Turkiyaning  Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar  boshqarmasidan (AFAD) olingan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra:                                                                              

▪️ Qahramanmarashda sodir bo`lgan 7,7 magnitudali zilziladan so`ng hozirgacha jami 1117 ta zilzila sodir bo`ldi.

▪️ Zilzila zonasida olib borilayotgan qutqaruv ishlarida jami 113 201 nafar xodim hamda 5 557 ta avtomashina va zarur ish texnikalari ishlamoqda.

▪️ Salomatlik va muvofiqlashtirish markazidan (SAKOM) olingan ma`lumotlarga ko`ra, soat 07:45 holatiga ko`ra, 12873 nafar fuqaro halok bo`lgan, 62937 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

▪️ Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bilan o`tkazilgan uchrashuvlar natijasida boshqa davlatlardan yordam berish maqsadida kelgan 5709 nafar xodim ofat hududiga yuborildi.

▪️ Harbiy havo kuchlari, quruqlik qo`shinlari, dengiz floti, qirg`oq xavfsizligi va jandarm qo`mondonligi bilan Xavfsizlik bosh boshqarmasiga bo`ysinuvchi jamiki tarkip va 22 ta kema, 160 ta samolyot/vertolyot hududlarda ish olib bormoqdalar.                                                                                                                                                                            

▪️ Zilziladan jabr ko`rgan hududlarga Qizil Yarim oy jamiyati va Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jami 140 ta ko`chma oshxona/nonvoyxona va vaqtinchalik xizmat ko`rsatish uchun tashkil etilgan oshxonalar 79 ta umumiy ovqatlanish avtomashinalari bilan etkazib berildi.

  • Hududlardagi fuqarolarga sho`rva, issiq ovqat, egulik mahsulotlar va ichimliklar tarqatilmoqda.

 

▪️ Hududlarga 1502 nafar shaxsiy tarkib va   145 ta avtomashina psixo-ijtimoiy yordam ko`rsatish uchun jo`natildi.

▪️ Boshpana ehtiyoji uchun 137 929 ta chodir, 101304 yotoq, 1 255 500 adyol zilziladan zarar ko`rgan hududlarga jo`natildi.

    Boshqa yangiliklar