AsosiySport

Messi, Mbappe va Benzema: kim 2022 yilning eng yaxshi o`yinchisi bo`ladi?

'Messi, Mbappe va Benzema: kim 2022 yilning eng yaxshi o`yinchisi bo`ladi?'ning rasmi

Argentinalik Lionel Messi, fransiyalik Kilian Mbappe va Karim Benzema FIFA’ning 2022 yilgi eng yaxshi o`yinchisi unvoniga da`vogar bo`ldi. Taqdirlash marosimi 27 fevralda Parijda o`tkaziladi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Messi PSJ tarkibida o`tgan yili Fransiya chempioni va superkubok sohibiga aylandi. Shuningdek, u boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Qatarda o`tgan futbol bo`yicha jahon chempionatida birinchilikni qo`lga kiritdi.

Mbappe jahon chempionatida kumush medal egasi bo`ldi. Shunindek, u turnirning eng yaxshi to`purariga aylandi.

Benzema “Real” tarkibida o`tgan yili Ispaniya chempioni, Kubok sohibi bo`ldi, shuningdek, Chempionlar ligasi g`olibiga aylandi. U UEFA versiyasiga ko`ra, 2021/22yil mavsumlarning eng yaxshi o`yinchisi bo`ldi. Shuningdek, France Football jurnali versiyasiga ko`ra, “Oltin to`p”ni qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar