Qozog`istonning Astana shahrida engil atletika bo`yicha yopiq inshootlardagi qit`a birinchiligining ikkinchi kun dasturi yakunlandi. Quvonarlisi, bugun ham O`zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo`ldi.
Uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan 16 yoshli Sharifa Davronova eng yuqori natija qayd etib, kattalar o`rtasida ham tengsiz ekanini ko`rsatdi. 13.98 metr natija hamyurtimizga chempionlikni taqdim qildi.
Sharifa Davronova – 13.98 metr
Mariko Marimoto - 13.66
Chen Tin - 13.52