AQShning Kolumbiya universiteti olimlari tomonidan orqa miya jarohati tufayli falajlangan qo`l panjalari funksiyasini qayta tiklash texnologiyasi yaratildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu yangilik miya va orqa miya stimulyasiyasi orqali “ishlamayotgan” nerv tolalarini qo`zg`atishga asoslangan.
Doktor Jeyson Karmela ishlab chiqqan mazkur muolaja usuli hozircha jonivorlarda muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazildi.
Davo sxemasi quyidagi tartibda bajarildi: jarohatdan 10 kun o`tgach, ketma-ket 10 kun davomida 30 daqiqalik maxsus terapiya amalga oshirildi. Natijada xasta jonivorlar yana sog`lom hayotga qaytdi.
Yangi texnologiya asab tizimidagi uzilishlarni tiklashga qaratilgan. Bunda 10 millisoniya ichida elektr stimullari qo`l harakati uchun zarur bo`lgan normal signallarni taqlidan amalga oshiradi. Bu bemordagi buzilgan funksiyalarni qo`zg`atishga turtki bo`ladi.
️Tadqiqotchilar xulosasiga ko`ra, yangi muolaja usuli insonlarda ham muvaffaqiyatli sinovdan o`tsa, u falajlangan qo`l va oyoqlarni tez, oson va samarali tuzatish imkonini beradi.






