AsosiyDunyo

AQSh Toshkentda o`tadigan boks chempionatiga boykot e`lon qildi

'AQSh Toshkentda o`tadigan boks chempionatiga boykot e`lon qildi'ning rasmi

Qo`shma Shtatlar Rossiya Federasiyasi bayrog`i ostida rossiyaliklarning ishtirok etishi sababli Toshkentdagi boks bo`yicha jahon chempionatiga boykot e`lon qildi.

Amerikalik sportchilar boks bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasidagi jahon chempionatlarida ishtirok etmaydilar, chunki rossiyaliklarga o`z bayrog`i ostida ushbu turnirlarda qatnashishga ruxsat berilgan.

AQSh boks federasiyasining ma`lum qilishicha, Xalqaro boks assosiasiyasining (XBA) pozisiyasi Xalqaro olimpiya qo`mitasining (XOQ) xalqaro turnirlarda Rossiya va Belarus davlat bayroqlari va madhiyalaridan foydalanish taqiqiga ziddir.

Bundan tashqari, Jahon chempionatini boykot qilish qaroriga ham XBA moliyaviy boshqaruvining shaffof bo`lmagani va federasiyaning sanksiyalar ostidagi kompaniyalarga qaramligi sabab bo`lganini qayd etadi.

Boks bo`yicha ayollar o`rtasidagi jahon chempionati mart oyida Nyu-Dehlida, erkaklar o`rtasida esa may oyida Toshkentda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning fevral oyi oxirida Ukrainada maxsus operasiya boshlanishi munosabati bilan XOQ xalqaro sport tashkilotlariga rossiyalik va belaruslik sportchilarni musobaqalardan chetlashtirishni tavsiya qilgan edi. Biroq 5 oktyabr kuni rossiyalik bokschilar IBA turnirlariga qabul qilindi, 14 dekabrda esa WBA reytingi tiklandi.

    Boshqa yangiliklar