Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov oliy va professional ta`lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga alohida e`tibor qaratilishi, ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko`p bo`lgan OTM sifatsiz ta`lim berayotgan muassasa, deb topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko`rib chiqilishi mumkinligini ma`lum qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ibrohim Abdurahmonov oliy ta`lim muassasalari rektor va mas`ul prorektorlari bilan kengaytirilgan onlayn formatda o`tkazgan yig`ilishda respublikadagi OTMlarda iqtidorli talabalar ro`yxatini tuzish va ular bilan alohida ishlash mexanizmini yo`lga qo`yish masalasida takliflar berildi.
Shuningdek, yig`ilishda quyosh panellari OTMning yillik elektr energiya sarfining kamida 70 foizini qoplashi shartligi ta`kidlandi hamda barcha ta`lim muassasalariga quyosh panellarini o`rnatishga sarflanadigan xarajatlar smetasini tuzish bo`yicha topshiriq berildi.






