Turkiyada dahshatli zilzila vayronalari ostidan odamlarni qutqarish ishlari davom etmoqda. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Tojikiston qutqaruvchilari tabiiy ofatdan keyin 151- soatda zilzila zonasida 9 qavatli bino vayronalari ostidan 4 yoshli bolani olib chiqib ketishdi. Shuningdek, Tojikistondan kelgan qutqaruv guruhi Turkiyaning Qahramanmarash viloyatida zilziladan 158 soat o`tib, vayron bo`lgan bino vayronalari orasidan 3 yoshli bolani topib, olib chiqdi.

Operasiya vayronalar ostidagi odamlarni aniqlash uchun maxsus qurilmalar yordamida amalga oshirildi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Ma`lumot uchun: Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon topshirig`iga ko`ra 50 nafar tojik qutqaruvchisi Turkiyadagi ofat zonasiga kelgan..
Bundan tashqari, zilziladan jiddiy zarar ko`rgan Turkiyaning Gaziantep shahrida vayronalar ostidan ayol 163 soatdan keyin qutqarib olindi.
Qutqarilgan ayol 62 yoshli Nazife Yilmaz ekani aniqlandi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Ayni paytga qadar Turkiyaning 10 ta viloyatida qurbonlar soni 29 605 kishiga etdi, 147 934 kishi tabiiy ofat zonasidan evakuasiya qilindi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) xabarida aytiladi.
AFAD ma`lumotlariga ko`ra, episentri Pazardjik va Elbiston viloyatlarida sodir bo`lgan ikki zilziladan so`ng, Qahramanmarashda 2412 ta er silkinishi qayd etilgan.





