AsosiyJamiyat

⚡️"Kvars"ning qariyb 90% aksiyalari 265 mlrd so`mga sotildi

'⚡️"Kvars"ning qariyb 90% aksiyalari 265 mlrd so`mga sotildi'ning rasmi

"Quvasoysement" aksiyadorlik jamiyati "Kvars" AJ ustav kapitalidagi 89,78 foiz aksiyalar paketini 265 mlrd so`mga sotib oldi. Bu haqda O`zA yozmoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma`lum qilishicha, «Quvasoysement»ga «Kvars» korxonasining 47,2 mln evro miqdoridagi kredit majburiyatlarini to`liq qoplash yuklatilgan.

"Kvars" AJ aksiya paketini xususiylashtirish bo`yicha o`tkazilgan xalqaro jarayon natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o`tkazish bo`yicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma`qullangan.

    Boshqa yangiliklar