AsosiyDunyo

Turkiyada yuz bergan zilzilaga AQSh aybdormi?

'Turkiyada yuz bergan zilzilaga AQSh aybdormi?'ning rasmi

So`ngi paytlarda internet tarmoqlarida Turkiyada yuz bergan zilzilaga tabiat hodisasi sabab bo`lmagan, degan fikrlar paydo bo`lmoqda. Ba`zi manfaalar Qahramonmarashda yuz bergan zilzilaga AQShga tegishli firmaning 6 ming metrlik neft qudug`ining ochilishi sabab qilib ko`rsatishmoqda. Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi "Darakchi.uz"ga bu haqdagi gumonlarni oydinlashtiruvchi ma`lumotni taqdim etdi. 

Turkiya  Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikasiya boshqarmasi Dezinformasiyaga qarshi kurashish markazi xabariga ko`ra, Qahramonmarash hududida bugunga qadar “Turkiya nefti” MChJ bosh boshqarmasi ishtirokida 3ta, xususiy firmalar ishtirokida 1ta jami 4ta neft qudug`i ochilgan. Ushbu quduqlardan neft yoki gaz topilmagan. Hududda da`vo qilinganidek 6 ming metrlik quduq mavjud emas. 

Neft quduqlarining diametri o`rtacha 24 sm tashkil etib, da`voga asos qilib ko`rsatilgan tasvirlar neft qudug`i bo`lishi mumkin emas. Qolaversa, Qahramonmarash viloyatiga qisman tegishli bo`lgan ruxsatnomalar jamoat tashkiloti hamda mahalliy firmalarga berilgan. Yuqorida tilga olingan quduqlar atrof-muhitga hamda u erda istiqomat qiluvchi aholiga ziyon-zahmat etkazmasligi uchun dunyo standartlari asosida yopilib, muhrlangan.

 

    Boshqa yangiliklar