AsosiyDunyo

Suriyaliklar Turkiyadagi zilzila yuz bergan hududlarda talonchilik qilayotgani aytilmoqda

'Suriyaliklar Turkiyadagi zilzila yuz bergan hududlarda talonchilik qilayotgani aytilmoqda'ning rasmi

So`ngi paytlarda internet tarmoqlarida Turkiyada yuz bergan zilzila bilan bog`liq turli dezinformasiya ko`payib bormoqda . Ba`zi manbaalar Xatayda Qurilish taftish boshqarmasiga oid hujjatlarni yo`qotishga harakat qilinayotgani aytilmoqda. Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi "Darakchi.uz"ga bu haqdagi gumonlarni oydinlashtiruvchi ma`lumotni taqdim etdi. 

Turkiya  Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikasiya boshqarmasi Dezinformasiyaga qarshi kurashish markazining xabariga ko`ra, atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o`zgarishi vazirligi Xatay viloyati boshqarmasi binosining katta qismi zilziladan zarar ko`rib, qulab tushgan.

"Katta zarar ko`rgan boshqarma binosi yonida joylashgan qo`shimcha xizmat ko`rsatish binosiga ruxsatsiz kirgan ba`zi shaxslar viloyat boshqarmasi asosiy binosining halokat chiqish zinasi qo`shimcha bino ustiga qulab tushishi ehtimoli tufayli u erdan chiqarib yuborilgan. Bundan norozi bo`lgan shaxslar ijtimoiy tarmoqlar orqali turli hujjatlarning yo`q qilinayotganini da`vo qilishgan.     

Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o`zgarishi vazirligi hujjatlarni chop etish bilan birga barcha rasmiy xat va ma`lumotlarni “Belgenet” orqali elektron shaklda shu zahotiyoq taqdim etmoqda. Qo`shimcha binodagi barcha hujjatlar boshqa rasmiy hujjatlar singari viloyat boshqarmasi arxiviga o`tkaziladi" - deyiladi markaz xabarida.

Shuningdek, internet tarmoqlarida tarqalayotgan xabarlarga ko`ra, Turkiya-Suriya chegara devorining ayrim joylari qulab tushgan, ayrim talonchi to`dalar Turkiya hududiga kirib kelmoqda.

Turkiya  Dezinformasiyaga qarshi kurashish markazi Suriya chegarasi bo`ylab qurilgan 837 kilometrlik modulyar beton devorga hech qanday shikast etmaganligini ma`lum qildi.  

 

    Boshqa yangiliklar