AsosiyDunyo

“Manchester Yunayted” Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlariga 200 ming evro yubordi

'“Manchester Yunayted” Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlariga 200 ming evro yubordi'ning rasmi

“Manchester Yunayted” Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan zarar ko`rganlarga yordam berish uchun UNICEF'ga 50000 funt sterling (60315 dollar) xayriya qildi.

Shuningdek,  kelasi hafta Evropa musobaqalaridagi barcha o`yinlar boshlanishidan oldin zilzila qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash marosimi o`tkaziladi. 

“Manchester Yunayted”ning 50000 funt sterling miqdoridagi xayriyasi zilziladan jabr ko`rgan bolalar va oilalarning shoshilinch ehtiyojlarini qondirish va ta`minot ishlarini tezlashtirishga yo`naltiriladi. 

UNICEF Suriyada bolalar xavfsizligi va farovonligini ta`minlashga harakat qilmoqda. Tashkilot Turkiyaga favqulodda vaziyatlar uchun zarur bo`lgan mahsulotlarni etkazdi va bolalarni xavfsiz joyga ko`chishini ta`minladi.

 

    Boshqa yangiliklar