Turkiya mehmonxonasida rossiyalik va ukrainalik futbolchilar o`rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo`ldi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, barchasi 13-fevral oqshomida boshlangan. Ukrainaning “Minay” klubi vakillari Yaroslavlning “Shinnik” klubi rahbaridan Ukraina madhiyasini kuylashni talab qilgan. Rossiyalik futbolchilarning so`zlariga ko`ra, ukrainaliklar nega hukumatga qarshi mitinglar uyushtirmayotganini ham aniqlashtirmoqchi bo`lgan. Mojaroga mehmonxona xodimlari aralashib, ularni tinchlantirgan.
Shundan so`ng Ukraina klubining bir nechta o`yinchisi “Shinnik” futbolchisi bilan bitta liftga tushib qolgan va uni kaltaklagan. Lift etib kelgan manzilda esa yaroslavllik futbolchilar turgan hamda vaziyatga aralashgan. Shu tariqa rossiyalik va ukrainalik futbolchilar o`rtasida janjal yuzaga kelgan. Mehmonxona xodimlari polisiya va tez yordamni chaqirishga majbur bo`ladi. Biroq xodimlar hech kimni hibsga olmagan. Mushtlashuv oqibatida 4 nafar “Shinnik” klubi futbolchisi jarohat olgan.
Mehmonxonada ikki nafar polisiyachi va qo`shimcha qo`riqchilar doimiy ravishda navbatchilik qilmoqda.






