Biroz avval Qirg`iziston Oliy sudi sobiq prezident Almazbek Atambaevga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi va jinoiy ishni qo`shimcha tergovga jo`natgani haqida xabar bergan edik.
"Sputnik Qirg`iziston" xabar berishicha, Qirg`iziston sobiq prezident ozodlikka chiqdi.
Ozodlikka chiqqanidan keyin sobiq prezident zudlik bilan davolanish uchun Ispaniyaga uchib ketishi kerakligini, ammo u albatta qaytib kelishini aytdi.
Shuningdek sobiq davlat rahbari o`zining aybdor emasligi haqida shunday dedi:
- Men aybdor emasman, menga nisbatan jinoyat ishlari oq ip bilan tikilgan. Birgina aybim, men nafaqat Jeenbekovga, balki boshqalarga ham ishonardim.
Almazbek Atambaevga hibisxonadagi vaqtlarini ham esladi.
"Mahbuslar menga hurmat bilan munosabatda bo`lishdi. Ozodlikda esa oddiy fuqarolar mening oilamni qo`llab-quvvatladilar, qirg`izistonliklar ko`chada turmush o`rtog`imga 500-1000 so`m berishgan holatlar ham bo`ldi" deydi u.
Eslatib o`tamiz, 2011-2017 yillarda Qirg`iziston Prezidenti bo`lgan Almazbek Atambaev 2019 yilda hibsga olingan. Shundan so`ng unga turli ayblovlar e`lon qilingan edi. Qirg`iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambaevga 2020 yilning oktyabr oyida hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish va ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish ayblovlari e`lon qilingan.






