Samarqanddan Rossiyaning Samara viloyatiga 13 fevral kuni uchgan Utair aviakompaniyasiga tegishli samolyotda nosozlik yuz berdi. Bu haqda Air Incident telegram kanali xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, samolyot Qozog`iston havo hududida parvoz qilayotgan paytda TCAS tizimi (havoda samolyotlar to`qnashuvining oldini olish tizimi) ishlamay qolgan. Shunga qaramay, ekipaj samolyotda favqulodda holat e`lon qilmasdan parvozni davom ettirgan hamda mahalliy vaqt bilan soat 21:31 da Kurumoch aeroportiga qo`ngan.






