O`zbekiston oliygohlarida yanvar oyi uchun magistratura natijalari e`lon qilindi. Bu haqda Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar berdi.
2022/2023-o`quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo`yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro`yxatdan o`tgan talabgorlarning arizalari to`liq ko`rib chiqildi.
Davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo`yicha komissiyaning tegishli bayoni bilan davlat oliy ta`lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi. Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.






