Bugun, 14 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasida kadrlarga oid ayrim o`zgarishlar bo`ldi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ravil Abduqodirov O`zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. Shu munosabat bilan u Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Abdurashid Jo`raboev Bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident maslahatchisi o`rinbosari edi
Ma`lumot o`rnida, Vazirlar Mahkamasi Abdurashid Jo`raboev uchun begona emas. U 2019 yilning sentyabriga qadar Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma`naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan.






