AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Xitoyning turistik shaharlari o`rtasida doimiy va charter reyslar amalga oshiriladi

'O`zbekiston va Xitoyning turistik shaharlari o`rtasida doimiy va charter reyslar amalga oshiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Madaniyat va turizm vazirining birinchi o`rinbosari Ulug`bek A`zamov va “Shaanxi Tourism Group” kompaniyasi qoshidagi “New Silk Road Product Center” direktori Xan Zhongfeng v“Zhejang Loong Airlines” aviakompaniyasi vakillari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, “Shaanxi Tourism Group Co., Ltd.” 1998 yilda Shensi provinsiyasi (Xitoy) hukumati tomonidan tashkil etilgan va vakolat berilgan davlat investisiya va operasion tashkilotdir.  Kompaniya faoliyati turizm industriyasini, xususan, turizm xizmatlari, sayyohlik va madaniyat markazlari, texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash va va turizmga investisiyalar kiritishni rivojlantirishga qaratilgan.

2022 yilda tashkilot 210 millionga yaqin sayyohni qabul qildi. Kompaniyaning 100 dan ortiq xolding va aksiyadorlik kompaniyalari, shuningdek, 10 mingdan ortiq xodimlari va 5,8 mlrd miqdoridagi umumiy aktivlari mavjud.

Ta`kidlanishicha, yig`ilishda Xitoydan O`zbekistonning tarixiy shaharlariga sayyohlik oqimini ko`paytirish, maxsus qo`shma sayohat yo`nalishini ishlab chiqish, mamlakat mintaqalarining turizm salohiyatini Xitoyda targ`ib qilish, imkon qadar qisqa muddatda ikki davlatning turistik shaharlari o`rtasida muntazam va charter reyslarini amalga oshirish, shuningdek, Xitoyning ichki turizmni rivojlantirish tajribasini o`rganishmasalalari muhokama qilindi.

O`z navbatida Xitoy tomoni turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgan O`zbekiston-Xitoy turizmni rivojlantirish assosiasiyasi faoliyatini ham ijobiy baholadi.

Bundan tashqari, tomonlar ikki davlatning sayyohlik salohiyatini targ`ib qilishni kuchaytirish maqsadida O`zbekiston va Xitoyda vakolatxonalar ochish zarurligini tasdiqladilar.

Uchrashuv yakunida sayyohlik agentliklarini ochish masalasini tezlashtirish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turistik infratuzilmaga ega tarixiy shaharlarda “Shaanxi Tourism Group” kompaniyasi mutaxassislari uchun info-turlar o`tkazish to`g`risida kelishuvga erishildi.

Ma`lumot uchun, 2023 yilning 10 fevral kuni "Zhejang Loong Airlines Co.Ltd" aviakompaniyasi tomonidan Sian – Toshkent – Sian yo`nalishidagi ilk to`g`ridan-to`g`ri reys amalga oshirildi.

    Boshqa yangiliklar