AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda qalbaki 5 ming AQSh dollarini 25 mln. so`mga sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

'Qashqadaryoda qalbaki 5 ming AQSh dollarini 25 mln. so`mga sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

So`nggi vaqtlarda chet davlatlardan qalbaki valyuta kupyuralarini mamlakatimizga olib kelish holatlari ko`p kuzatilmoqda. Bu esa fuqarolardan xorijiy valyuta qimmatliklari bilan muomala qilishda hushyor bo`lishlikni talab etadi. Zero, bunday salbiy holatlar davlatning iqtisodiy xavfsizligi tahdid soluvchi omillardan sanaladi. Shu bois, Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan bu yo`nalishda doimiy tarzda tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, DXX Qashqadaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Muborak tumanida yashovchi, 1952 y.t., muqaddam sudlangan Sh.E. qalbaki 5 ming AQSh dollarini 25 mln. so`mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida Sh.E. mazkur qalbaki kupyuralarni Kitob tumanida yashovchi, 1964 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan T.X.dan olganligi aniqlanib, u ham ushlandi.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu qalbaki xorijiy valyutalar Qozog`iston Respublikasidan olib kelingan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar