"Flydubai FZ793" reysi qalin tuman sabab ko`rishning yomonlashuvi tufayli Dushanbe aeroportiga qo`na olmadi va Samarqand aerodromga yo`naltirildi. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" kompaniyasi ma`lum qildi.
Bortida 141 yo`lovchi bo`lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 3:01da Samarqand aeroportiga qo`ngan. Yo`lovchilar va ekipaj esa mehmonxonaga joylashtirilgan.
Samolyot yo`lovchilari bilan 16 fevral kuni Samarqand — Dushanbe yo`nalishida parvoz qilishi rejalashtirilgan.






