AsosiyJamiyat

Vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Energetika vazirligi sabablarini ma`lum qildi

'Vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Energetika vazirligi sabablarini ma`lum qildi'ning rasmi

So`nggi kunlarda vodiy viloyatlarining gaz quvurlarida bosimning me`yordan pasayishi natijasida ayrim hududlardagi xonadonlarning tabiiy gaz ta`minotida uzilish kuzatilmoqda. Bu esa, o`z navbatida iste`molchilarning elektr energiyasiga bo`lgan talabining keskin oshishiga sabab bo`lmoqda.  Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
  
Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning iste`moli o`rtasidagi me`yorni ta`minlash, xususan, energotizimda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta`minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo`linmoqda.  
  
Shuningdek, elektr qurilmalarida yuklamaning ortishi natijasida ayrim hududlardagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida inson omilisiz o`z-o`zidan avtomatik ravishda uzilish holatlari kuzatilmoqda.  

"Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar tomonidan tegishli choralar ko`rilmoqda.  Yuqoridagi holatlar tufayli keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar