Ekvatorial Gvineya mamlakatida ilk bor Marburg virusi tarqalishi qayd etildi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lum qilishicha, virusdan kamida to`qqiz kishi vafot etgan. Ularning barchasi G`arbiy Kientem provinsiyasidan.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, hozir mamlakatda 16 kishi kasallikka gumon qilinib, karantinga olingan. Barcha bemorlarda isitma, charchoq, bosh og`rig`i va qon aralash qayt qilish kabi xarakterli alomatlar kuzatilgan.
JSSTning bayonotiga ko`ra, Marburg virusi odamlarga ko`rshapalaklardan yuqishi mumkin. Qolaversa, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, tupik, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali faol tarqaladi.
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, Marburg virusi Ebola singari o`ta yuqumli bo`lib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaksinalar ham yaratilmagan.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yili mazkur xavfli xastalik G`arbiy Afrikaning Gana mamlakatida ham qayd etilgan edi.