AsosiyJamiyat

Hafta oxiriga kelib vodiyda “gaz zapravka”lar faoliyati tiklanishi mumkin

'Hafta oxiriga kelib vodiyda “gaz zapravka”lar faoliyati tiklanishi mumkin'ning rasmi

Ko`rilayotgan choralar natijasida hafta oxirlariga borib vodiy viloyatlaridagi gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining ko`tarilib borishi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bois, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shaxobchalari (AGTKSh) gaz bosimining ko`tarilishiga qarab, ularning faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, gaz bosimi pasaygan kunlarda birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlari (issiqlik elektr stansiyalar, shifoxonalar, maktabgacha va maktab hamda oliy ta`lim muassasalari va boshqalar)ni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bir maromda ta`minlash zarur hisoblanganligi sababli AGTKShlar faoliyatiga majburiy cheklovlar kiritilgan.

"Quvurlarda gaz bosimini bir me`yorga keltirish va ushbu me`yorni saqlab turish uchun AGTKShlari qisqa vaqt oralig`ida reja-grafik asosida faoliyat yuritib boradi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar