AsosiyDunyo

Tojikistonda qor ko`chkisi oqibatida 10 kishi halok bo`ldi

'Tojikistonda qor ko`chkisi oqibatida 10 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Tojikistonning Tog`li Badaxshon muxtor viloyati, tog`li hududlarda, shuningdek, avtomobil yo`llarida qor ko`chkisi oqibatida 10 kishi halok bo`ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo`mitasi sayti xabar berdi.

“2023 yilning 19 fevraliga qadar TBMV tumanlari, Hisor tizmasi tog`larida, shuningdek, Dushanbe – Xo`jand, Dushanbe – Rasht – Laxsh, Xorug`-Murg`ob, Dushanbe – Xorug`, Xorug` – Ishkashim avtomobil yo`llarida kuchli yog`ingarchilik, qor ko`chkisi va tosh tushish xavfi saqlanib qoladi”, deyiladi xabarda.

Dushanbe-Varzob avtomobil yo`lida to`rtta avtomobil qor ostida qolgan. Qutqaruvchilar haydovchi va yo`lovchilarni qutqarib qolishga muvaffaq bo`ldi, biroq bir kishi halok bo`ldi.

Vanj tumanida kuchli qor yog`ishidan so`ng qor ko`chkisi tushib, bir kishi halok bo`ldi. Uning jasadi mahalliy aholi tomonidan topilib, oilasiga topshirildi. Xorug` shahrida sodir bo`lgan voqea munosabati bilan 22 ta turar-joy binosi zarar ko`rgan.

Bundan tashqari, sakkiz nafar mahalliy aholi ham tabiiy ofat qurboniga aylandi. Qutqaruvchilar qor ko`chkisi ostidan to`qqiz kishini tiriklayin olib chiqishga muvaffaq bo`ldi.

Qo`mita Dushanbe-Xorug`-Murg`ob avtomobil yo`lidagi keskin vaziyat haqida ogohlantirdi. Favqulodda yordam guruhi kechayu kunduz ishlayotgani ta`kidlandi. Favqulodda vaziyatlar komissiyasi markaziy apparati mutaxassislari TBMVga jo`nab ketishdi. Aholi sayohatga chiqmaslik va hushyor bo`lishga chaqirildi, deyiladi m24.ru saytida.

    Boshqa yangiliklar