AsosiyJamiyat

"Avtomobilga navbatlar yo`q bo`ladi, faqat ozgina sabr qiling" — "O`zavtosanoat" rahbari

'"Avtomobilga navbatlar yo`q bo`ladi, faqat ozgina sabr qiling" — "O`zavtosanoat" rahbari'ning rasmi

"O`zavtosanoat" raisi Shavkat Umurzoqov Asaka shahridagi zavodda Chevrolet Onix avtomobilining taqdimoti davomida UzAuto Motors tomonidan xarid qilingan mashinalarni etkazib berish bilan bog`liq muammoga to`xtalib o`tdi.

U qo`shimcha pul to`lab, avtomobilni navbatsiz olish imkoni yaratilishi, ya`ni xalq orasidagi «shapka»ni qonuniylashtirish mumkinligi borasidagi savolga javob qaytargan.

«Men bu taklifga qarshiman, noto`g`ri narsa. Bekorga ishlab chiqarishda 500 ming bilan chegaralanmaymiz demadim. Avtomashinalar navbati butun dunyoda bor. Men bu bilan uni to`g`ri ham demoqchimasman. Lekin bu narsa [avtomobil etkazib berish muddatini kamaytirish]ni faqat mashina ko`p ishlab chiqarish bilan engamiz. O`zimizda ishlab chiqarilayotgan mashinani tezroq olish uchun ko`proq pul to`lang, desak, noto`g`ri bo`ladi», — dedi «O`zavtosanoat» rahbari.

Uning so`zlariga ko`ra, kompaniya oldida juda ko`p tashqi va ichki muammolar turibdi. Umurzoqov bunga misol sifatida 2018 yilda bir konteyner narxi 5 ming dollar bo`lgani, hozir 15 ming dollargacha oshganini keltirdi.

«Mashinamizni qimmatlashyapti deymiz, lekin dollarga chaqsak, shu kungacha arzonlashdi. Shuncha soliq to`layapmiz, loyihalarning bir so`mini ham davlatdan olmayapmiz, o`zimizning daromadimiz yoki rivojlanishimizni ko`rib, pullarni tashqi moliyaviy institutlar beryapti», — dedi Shavkat Umurzoqov.

«Andijonning o`zida bu yil 250−300 mln dollarlik to`rtta yangi zavod quradigan bo`ldik. Bu nima beradi? Tasavvur qiling, 2016 yil 80 ming mashina chiqqan, 2017 yil 120 ming chiqqan. Bugun 330 ming chiqaryapmiz. Bu yil 400 mingdan oshiq chiqaramiz. Navbat yo`q bo`ladi, ishoning, faqat ozgina sabr [qiling]», — dedi «O`zavtosanoat» raisi.

    Boshqa yangiliklar