AsosiyJamiyat

O`zbekistonning aksariyat hududlarida ertaga ham yomg`irli ob-havo kuzatiladi

'O`zbekistonning aksariyat hududlarida ertaga ham yomg`irli ob-havo kuzatiladi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O`zbekiston bo`yicha 17 fevral, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda bir oz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda bir oz yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 4–9 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 4–9 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar