AsosiyJamiyat

O`zbekiston Turkiya bilan mahkumlarni topshirish bo`yicha kelishuvni tasdiqladi

'O`zbekiston Turkiya bilan mahkumlarni topshirish bo`yicha kelishuvni tasdiqladi'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev O`zbekiston va Turkiya hukumatlari o`rtasida mahkumlarni topshirish to`g`risidagi bitimni ratifikasiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Tegishli qonun «Xalq so`zi» gazetasida e`lon qilindi.

Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil oktyabr oyida qabul qilingan va dekabr oyida Senat tomonidan ma`qullangan.

Bitim 2022 yil 29 mart kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning O`zbekistonga tashrifi chog`ida imzolangan.

Hujjat O`zbekiston va Turkiya o`rtasida xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash bo`yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Bu jinoyat sodir etgan va ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarolarining o`z mamlakatida jazoni o`tashi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, ularni qayta tarbiyalash va ijtimoiy reabilitasiya qilish bo`yicha ishlar samaradorligini oshirishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar