O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining ma`lum qilishicha, yana 4 oila, jami 12 nafar O`zbekiston fuqarosi o`z oilalari bag`riga qaytarildi. Ular zilzila bo`lgan Turkiyaning Qahramonmarash, (2 kishi) Hatay, (6 kishi) Adiyaman va (2 kishi) Gaziantep (2 kishi) viloyatidan Istanbulga evakuasiya qilindi.
Mazkur fuqarolar zilzila oqibatida pulsiz va hujjatsiz qolgan. Ularga hujjatlar rasmiylashtirildi va aviachiptalar xarid qilindi.






