AQSh Ukrainani Qrimni qaytarish bo`yicha harakatlarga undamayapti. Bu haqda Qo`shma Shtatlar davlat kotibi Entoni Blinken ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.
Amerika ma`muriyati Kievning Qrimga ehtimoliy hujumini Rossiya uchun “qizil chiziq” deb hisoblamoqda. Politico gazetasiga ko`ra, Blinken ekspertlar guruhi bilan onlayn muloqot paytida bu harakatlar Moskva tomonidan ulkan javob choralariga olib kelishini aytgan. Shu bilan birga yarimorol bo`yicha harbiy amaliyot o`tkazish qarori Vashingtonda emas, Kievda qabul qilinishi ta`kidlangan.
Politico’ning to`rtta manbasi AQSh yordami Ukrainaning sharqdagi harakatlarini qo`llab-quvvatlashga qaratilganini qayd etgan.
Ukraina bundan avval bir necha bor Qrim ustidan nazoratni tiklash niyati haqida ma`lum qilgan. Amerika razvedkasining fikricha, Kievda yarimorolga hujum uchun resurslar etarli emas.






