Ijtimoiy tarmoqlarda "Uchastkavoyni birovning xotini bilan ushlashdi" izohi bilan video tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi
Ma`lum qilinishicha, ushbu tasvirlarda 2023 yilning 15 fevralida tungi xizmatga jalb etilgan Jizzax viloyati G`allaorol tumani IIB 2-sonli IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika katta inspektori J.X. aks etgan.
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Voqea ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho berilishi ta`minlanadi.






