Avvalroq, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev O`zbekiston va Turkiya hukumatlari o`rtasida mahkumlarni topshirish to`g`risidagi bitimni ratifikasiya qilish haqidagi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qozog`iston Prezidenti Qosim Jo`mart To`qaev O`zbekiston bilan mahkumlarni alishish shartnomasini ratifikasiya qilish to`g`risidagi qonunni imzoladi.
Mazkur hujjatni imzolash bo`yicha muzokaralar bir necha yil davomida Toshkent va Ostona tomonidan olib borilgan.
Shartnoma shartlariga ko`ra, mahkumlarni alishish uchun birinchi navbatda mahkumning roziligi kerak. Shaxs o`z mamlakatida jazoni o`tash niyati haqida ariza berishi lozim.
Ma`lumotlarga qaraganda, hozirda Qozog`istonda 486 nafar o`zbekistonlik qamoqda saqlanmoqda, O`zbekistonda esa 20 nafar qozog`istonlik mahkum bor.
Ikkala davlat ham ushbu shartnomani ratifikasiya qilib, Parlamenti tasdiqlagach, shartnoma almashilgan vaqtdan kuchdan kiradi.






