Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bergan xabariga ko`ra, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.S. boshqa bir fuqaro L.K.ning ishonchiga kirib, unga go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Guliston shahar, “Yangi hayot” MFYda yangi qurilgan ko`p qavatli uylardan subsidiya asosida xonadon olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
17.02.2023 09:10
Subsidiyaga uy olib bermoqchi bo`lgan "ishbilarmon" qo`lga tushdi






