AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ikkita qor ko`chkisi sodir bo`ldi (video)

'Qashqadaryoda ikkita qor ko`chkisi sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 16-17 fevral kunlari ikkita qor ko`chkisi sodir bo`ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 16 fevral kuni soat taxminan 11:00 lar atrofida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani tog`li Ko`l qishlog`iga eltuvchi avtomobil yo`lida 1200 metr kub hajmdagi qor ko`chkisi sodir bo`lgan. Natijada voqea joyiga zudlik bilan etib borgan tuman hokimligi va Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan ushbu qor massalari zarur texnikalar yordamida to`liq bartaraf etilgan hamda avtomobillar qatnovi yo`lga qo`yilgan.

Bundan tashqari, ushbu hududda bugun, 17 fevral kuni ham soat taxminan 10:30 larda yana bir qor ko`chishi kuzatilgan, Natijada yo`lning taxminan 15 metr qismini qor massalari yopib qo`ygan. Hozirda ushbu ko`chki oqibatlari mexanizasiya kuchlari yordamida bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, ushbu ikkita qor ko`chkisi oqibatida bino va inshootlarga zarar etmagan, shuningdek, tan jarohati olgan yoki halok bo`lgan fuqarolar yo`q.

    Boshqa yangiliklar