AsosiyJamiyat

Jizzaxda birovning xotini bilan qo`lga tushgan "uchastkovoy" ishdan olindi

'Jizzaxda birovning xotini bilan qo`lga tushgan "uchastkovoy" ishdan olindi'ning rasmi

“Uchastkovoyni birovning xotini bilan ushlashdi” izohi bilan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqda tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Shundan so`ng Ichki ishlar vazirining o`rinbosari, general-mayor A.Ikramov nazoratida xizmat tekshiruvi o`tkazilib, voqeaga oydinlik kiritish choralari ko`rildi

Surishtiruv davomida Jizzax viloyati G`allaorol tumani IIB 2-sonli IIB JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori J.X.ning bir necha nafar shaxslar bilan kelishmovchiligi yuzaga kelgan. 

O`rganish ishlari davomida kapitan J.X.ning Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi hamda Ichki ishlar organlarida xizmat o`tash tartibi to`g`risidagi nizomning bir qator bandlarini buzganligi aniqlanib, xodim  ichki ishlar organlari xizmatidan bo`shatildi. 

Shuningdek, G`allaorol tumani IIBning 4 nafar rahbar xodimlariga profilaktika inspektorining faoliyati ustidan etarli nazorat o`rnatmaganliklari uchun intizomiy choralar qo`llanildi. 

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, voqeaning ayrim ishtirokchilarining xatti-harakatlarida O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining ayrim moddalarida ifodalangan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli to`plangan hujjatlar ko`rib chiqish va qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo`yicha G`allaorol tumani sudiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar