Bugun kunduz kuni O`zbekiston yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor). Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.
18.02.2023 08:08
"O`zgidromet" 18 fevral kungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi






