AsosiyJamiyat

Toshkentda xotinini rashk sabab 19 marta pichoqlab o`ldirgan erkak 10 yilga qamaldi (video)

'Toshkentda xotinini rashk sabab 19 marta pichoqlab o`ldirgan erkak 10 yilga qamaldi (video)'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Bektemir tuman sudida mazku tumanida xotinini rashk sabab pichoqlab, o`ldirgan erkakka sud hukmi o`qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Aniqlanishicha, marhum ayol Telegram orqali yaqin dugonasiga boshqa bir erkak bilan ko`rishganini, u bilan jinsiy aloqada bo`lganini yozib qoldirgan. Bu gaplarga chiday olmagan erkak qizlik uyiga qaytgan ayolining uyiga qorong`i tushganda borib, qo`shni devordan oshib o`tgan. So`ngra xotini yotgan xonaga kirib, marhumaning tanasiga o`zi bilan olib kelgan oshxona pichog`i yordamida 19 marotaba pichoq sanchgan. Natijada, ayol olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

"Sendan topmaganimni o`sha Alisherdan topdim. Sen bilan 6 yil mobaynida o`zimni baxtli his qilmadim. Tug`dirishni it ham biladi, bolalarimni tortib olaman", - degan gapidan o`zimni to`xtata olmadim deydi sudlanuvchi.

Qolaversa, erkak ayoli bilan baxtli yashashni xohlagani, uning bu harakati unga yomon ta`sir qilganini ham ta`kidladi.

Shuningdek, erkak sodir etgan jinoyatini Ichki ishlar xodimlariga aybini bo`yniga olish arizasi bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan sud majlisi JIB Bektemir tuman sudida ko`rib chiqildi. Unga ko`ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar