AsosiyJamiyat

Surxondaryoda to`rt tup katta yoshli chinor kesib ketildi

'Surxondaryoda to`rt tup katta yoshli chinor kesib ketildi'ning rasmi

Surxondaryoda to`rt tup o`suvchan katta yoshli Chinor kesib ketilgan. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligining Surxondaryo bo`limi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda aytilishicha, joriy yilning 21 yanvar kuni Qiziriq tumani “Bog`bonlar yurti” mahallasida istiqomat qiluvchi bir fuqarodan daraxtlar kesilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Holat o`rganilganda daraxt kesganlar o`simlik dunyosiga 216 mln so`m miqdorida zarar etkazgani ma`lum bo`lgan.

“Hozirda ushbu ish yuzasidan to`plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga o`tkazildi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar