AsosiySport

WR Chess Masters: Nodirbek Abdusattarov amerikalik raqib Levon Aronianga mag`lub bo`ldi

'WR Chess Masters: Nodirbek Abdusattarov amerikalik raqib Levon Aronianga mag`lub bo`ldi'ning rasmi

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida “WR Chess Masters-2023” 3-tur o`yinlari bo`lib o`tdi. Unda Nodirbek Abdusattorov (2734) armanistonlik Levon Aronianga(2736) qarshi bahs olib bordi.

Abdusattorov kuchli raqibi bilan shiddatli va murosasiz kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi.

Navbatdagi 4-raundda Nodirbek Abdusattorov(2734) Rameshbabu Pragnanandha (2690) bilan bahs olib boradi. Ushbu bahslar ertaga 19 fevral kuni bo`lib o`tadi. 

Hozirda Nodirbek 1,5 ochko bilan hozir turnir jadvalida 5-o`rinda ketmoqda. Levon Aronianga 2,5 ochko bilan ushbu jadvalda etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o`rinda 2 ochko bilan So Vesley, uchinchi o`rinda 2 ochko bilan Gukesh ketmoqda. Shuningdek, 1,5 ochko bilan Anish Gri 4-o`rinda turibdi.

    Boshqa yangiliklar