AsosiyDunyo

⚡️ Zilzilaning 13-kunida bir oila qutqarildi. Bu so`nggisi bo`lishi mumkin, bugun qidiruv-qutqaruv ishlari to`xtatiladi (video)

'⚡️ Zilzilaning 13-kunida bir oila qutqarildi. Bu so`nggisi bo`lishi mumkin, bugun qidiruv-qutqaruv ishlari to`xtatiladi (video)'ning rasmi

Turkiya janubidagi Hatay viloyatida vayronagarchilikli zilziladan keyin 13-kuni vayronalar ostidan 3 kishi qutqarib olindi. Bu haqda "Anadolu" xabar qildi. 

Qutqaruvchilar Antakya shahridagi Turkmanboshi ko`chasi bo`ylab general Shukru Kanatli kvartalidagi uylardan birining vayronalarini saralash chog`ida Samir Muhammed va Ragda Adjar er-xotinni hamda ularning farzandini aniqlashdi. Har uchalasi ham er silkinishidan keyin 296-soatda vayronalar ostidan chiqarildi.

Shifokorlarning barcha sa`y-harakatlariga qaramay, 12 yoshli bola vafot etdi. Zilzila oqibatida bu oilaning ikki farzandi halok bo`lgani ma`lum bo`ldi. Ragda Adjar vertolyotda Adana shahridagi shifoxonaga yuborilgan.

Ayni paytda episentri Turkiyaning Qahramanmarash viloyatida sodir bo`lgan ikki vayronkor zilzila qurbonlari soni 40 642 kishiga etdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash boshqarmasi (AFAD) rahbari Yunus Sezer shanba kuni Anqarada o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.

Unga ko`ra, ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlarini 19 fevral, yakshanba kuni yakunlash rejalashtirilgan.

“Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlarida 13 mingga yaqin kishi ishtirok etmoqda. Chet eldan yordamga kelganlarga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. 80 ta davlatdan kelgan qutqaruvchilarning bir qismi allaqachon o`z vatanlariga qaytishgan”, — dedi AFAD rahbari.

Sezer, er silkinishidan zarar ko`rgan viloyatlarning uy-joy fondining 50 foizdan ortig`i holatini kuzatish yakunlanganini aytdi.

AFAD rahbarining ta`kidlashicha, faqat o`zi boshqargan bo`lim orqali 430 mingdan ortiq odam ofat zonasidan evakuasiya qilingan.

    Boshqa yangiliklar