Oziq-ovqat kaloriyasini cheklash qarish jarayonini sekinlashtiradi - tadqiqot

Salomatlik 19.02.2023, 12:07
Oziq-ovqat kaloriyasini cheklash qarish jarayonini sekinlashtiradi - tadqiqot

AQShning Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari qarish jarayonini sekinlashtirishga oziq-ovqat mahsulotlari orqali qabul qilinadigan kaloriyani cheklash yo`li bilan erishish mumkinligini isbotlashdi.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Dastlab tadqiqot jonivorlarda sinovdan o`tkazildi va natija kutilganidek muvaffaqiyatli bo`ldi.

Navbatdagi bosqichda klinik tajribaga 220 nafar sog`lom erkak va ayol jalb etildi. Birinchi guruhga mo`ljallangan ovqatlanish rasioniga hech qanday o`zgartirish kiritilmadi. Ikkinchi guruh taomnomasidan joy olgan xuddi shu mahsulotlar esa 25 foiz kamroq kaloriya bilan taqdim etildi.  

Sinov ikki yil davom etdi. Kuzatuv boshida, o`rtasida va oxirida ishtirokchilardan qon namunalari olindi. Shu tariqa olimlar yoshga qarab o`zgaradigan va qarish jarayoniga ta`sir ko`rsatuvchi leykositlarning DNK tahlilini o`rganishdi.  

Yakunda ikkinchi guruhga jalb qilingan kishilarda qarish darajasi birinchi guruhga nisbatan 2-3 foizga pasaygani ma`lum bo`ldi. O`z navbatida, bu sekinlashuv o`lim xavfining 10-15 foizga kamaytirishi aniqlandi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1