AsosiyDunyo

Rossiya poytaxtida migrantlar o`rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

'Rossiya poytaxtida migrantlar o`rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi'ning rasmi

Moskvada O`zbekiston va yana uch davlat fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo`ldi. Bu haqda "Moslenta" xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 19 fevralga o`tar kechasi Moskvaning Lyublinsk ko`chasidagi kafelardan birida Rossiya, O`zbekiston, Tojikiston va Qirg`iziston fuqarolari o`rtasida kelib chiqqan og`zaki janjal ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, janjal kafeda boshlangan hamda keyinchalik mushtlashuv ko`chada davom etgan. Natijada voqea joyiga etib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari 15 kishini qo`lga olib, hodisa sabablarini aniqlash uchun ichki ishlar bo`limiga olib ketgan.

    Boshqa yangiliklar