AsosiyDunyo

"Biz o`z uyimizni himoya qilamiz va G`arbning maqsadi esa cheksizdir"

'"Biz o`z uyimizni himoya qilamiz va G`arbning maqsadi esa cheksizdir"'ning rasmi

Biz oldimizda turgan vazifalarni bosqichma-bosqich ehtiyotkorlik bilan va izchil hal qilamiz. Bu haqda Rossiya Prezidenti Putin bugun parlamentga murojaatida ma`lum qildi. 

"Biz Ukrainaning yadro quroliga ega bo`lishga urinishlarini eslaymiz. Bizning orqamizda mutlaqo boshqa ssenariy tayyorlanayotgan edi. Nomus, ishonch, odob tushunchalari ular uchun emas . AQSh va NATO shiddat bilan o`z bazalari va biolaboratoriyalarini mamlakatimiz chegaralari yaqinida joylashtirdi.

Biz o`z uyimizni himoya qilamiz va G`arbning maqsadi esa cheksizdir. Ularning hech biri inson hayotini hisobga olmaydi", - deydi Rossiya rahbari.

Putinning so`zlariga ko`ra, "maxsus operasiya" boshlanishidan oldin Kiev G`arb bilan Ukraina va havo hujumidan mudofaa tizimlari, jangovar samolyotlar va boshqa og`ir texnikalar bo`yicha muzokaralar olib borgani, jinni shishadan chiqarib yuborib, butun hududlarni xaosga solishga sabab bo`lgan.

"G`arbda hech kim inson qurbonlarini hisobga olmaydi, chunki trillionlab dollar xavf ostida. Neonasistlar o`zlarini kimning merosxo`ri deb bilishlarini yashirmaydilar, ajablanarlisi, G`arbda buni hech kim sezmaydi, chunki ular Rossiyaga qarshi urushda kimga pul tikish haqida o`ylayaptilar.Biz Ukraina xalqi bilan urushayotganimiz yo`q, ular Kiev rejimi va bu mamlakatni bosib olgan G`arb xo`jayinlarining garoviga aylangan", - deyiladi murojaatda.

 

    Boshqa yangiliklar