AsosiySport

Stranja-2023: 9 nafar bokschidan 8 tasi g`alaba qozondi

'Stranja-2023: 9 nafar bokschidan 8 tasi g`alaba qozondi'ning rasmi

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida davom etayotgan Stranja-2023 turnirining 3-kuni o`zbekistonlik bokschilar uchun muvaffaqiyatli o`tdi.

Bolgariya mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirning 3-kun yakunlariga ko`ra, kutilganidek, O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan charm qo`lqop ustalari ajoyib g`alabalari bilan zafarli yurishlarini davom ettirishdi.

Jumladan, +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov amerikalik Joshua Edvardsga imkoniyat qoldirmagan bo`lsa, -75 kg vazn toifasidagi kechgan o`zbekcha “derbi”da A`loxon Abdullaevning qo`li baland keldi.

Stranja-2023. O`zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi 3-kun natijalari:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Akkol Mizan (Turkiya) 5:0
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev - Abdallah Abu Arab (Daniya) 5:0
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov - Manuel Katalino (Ispaniya) 5:0
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Ertugan Zeinulinov (Qozog`iston) 5:0
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Varinder Singh (Hindiston) 5:0
+92 kg: Bahodir Jalolov - Joshua Edvards (AQSh) 5:0
-75 kg: Havasbek Asadullaev - Moreno Fendero (Fransiya) 4:0
-75 kg: A`loxon Abdullaev - Abdulaziz Abdupattaev 3:0
-52 kg: Nozimaxon Bulturova - Jyoti (Hindiston) 0:5.

Ma`lumot uchun, kichik jahon chempionati deya ta`riflanadigan “Stranja” xalqaro an`anaviy turniri bu yil 74-marta o`tkazilmoqda. 19 fevral kuni boshlangan bahslar 26 fevralga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar