Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo`yicha Stranja—2023 musobaqasining to`rtinchi kungi janglari yakunlandi.
Kechki dasturda 14 nafar O`zbekiston vakili ringga ko`tarildi. Kunning markaziy jangi bo`lishi kutilgan Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabev o`rtasidagi bellashuv o`tkazilmadi. Qozog`iston vakili noma`lum sabablarga ko`ra jangda ishtirok etishdan bosh tortdi va Jalolov yarim finalga yo`l oldi.
Shuningdek, Nurislom Ismoilovning (-71 kg) ham raqibi jarohat sabab ringga ko`tarilmadi va O`zbekiston vakili avtomatik ravishda keyingi bosqichga chiqdi.
Shu va boshqa natijalar bilan tanishing:
- Shodiyor Meliqo`ziev (-48 kg) armanistonlik Baregam Xarutyunyanni yutdi (5:0)
- Nodirjon Mirzaahmedov (-48 kg) hindistonlik Govind Kumarga yutqazib qo`ydi (0:5)
- Mirazizbek Mirzaxalilov (-54 kg) filippinlik Karlo Paalamni engdi (5:0)
- Shunqor Abdurasulov (-60 kg) armanistonlik Artur Xazaryanni mag`lub etdi (5:0)
- Athamjon Muhiddinov (-60 kg) Germaniya vakili Murat Yildirimdan ustun keldi (5:0)
- Shahzod Muzaffarov (-54 kg) hindistonlik Sachinga engildi (1:4)
- Dilshod Abdumurodov (-60 kg) filippinlik Julifer Baskonni taslim etdi (5:0)
- Nurislom Ismoilovning (-71 kg) raqibi jarohat sabab jangga chiqmadi va Nurislom keyingi bosqichga yo`l oldi
- Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev (-67 kg) Kosovo vakili Loris Idrizini engdi (5:0).
- Bekzod Hamidov (-67 kg) qozog`istonlik Temirxan Tezekdan ustun keldi (3:2)
- Saidjamshid Ja`farov (-71 kg) Serbiya vakili Vahid Abbasovni mag`lub etdi (4:1)
- Bahodir Jalolovning (+92 kg) raqibi Kamshibek Konkabaev (Qozog`iston) jangga chiqmadi va Bahodir keyinchi bosqichga yo`l oldi
- Temurxon Sobirov (-86 kg) polshalik Tomas Niedzvieskiga qarshi jangni jarohat sabab davom ettira olmadi va turnirni tark etdi (TKO)
- Shohjahon Abdullaev (-86 kg) Qozog`iston vakili Bekzat Tangatarni engdi (5:0).
23 fevralning kunduzgi dasturida 5 nafar o`zbekistonlik jang qilgandi.
Shu tariqa ushbu kungi janglardan keyin O`zbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili o`z ishtirokini davom ettiradigan bo`ldi. To`rt nafar bokschi uchun musobaqa yakunlandi.