AsosiyJamiyat

Samarqanddagi gaz “zapravka”da Nexia-3 gaz balloni portladi

'Samarqanddagi gaz “zapravka”da Nexia-3 gaz balloni portladi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, bugun, 25 fevral kuni soat 11:30 da Samarqand shahri M. Bedil ko`chasi joylashgan ASGQShda 2019 yilda ishlab chiqarilgan Nexia-3 gaz balloniga siqilgan gaz (metan) quyish vaqtida gaz balonda yorilishi yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida shoxobchada ishlovchi 1980 yilda tug`ilgan fuqaro M.Z. voqea joyida vafot etgan. Boshqa hech kim jarohat olmagan. Voqea joyida yong`in sodir bo`lmagan.

Hozirda hodisa sababi o`rganilmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarildi.

Avvalroq, Qashqadaryodagi "zapravka"da mashina portlagani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar