Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti 2023 yil 22 fevral sanasida e`lon qilgan tibbiy mahsulot to`g`risidagi 2/2023-sonli xabarnomasida Hindistonning «Galentic Pharma Pvt. Ltd.» kompaniyasi ishlab chiqargan oftalmologiyada qo`llaniladigan «Tetrasiklin gidroxloridi USP 1%» surtma dori preparati turli mamlakatlarga har xil markirovka yorlig`i ostida etkazib berilgani shuningdek, ba`zi partiyalarda bir qator sifat muammolari boriligini ma`lum qilib, mazkur dori preparatini ehtiyotkorlik yuzasidan qo`llamaslikni tavsiya qildi.
O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi esa yuqorida qayd etilgan dori preparatining O`zbekiston Respublikasida ro`yxatdan o`tkazilmaganligini bildirdi.
Markaz, shuningdek, dori vositalarini qo`llash chog`ida nojo`ya reaksiyalar kuzatilgan holatlarda darhol davolovchi shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda. Shifokor ham o`z vaqtida nojo`ya ta`siri sezilgan dori vositasi haqida quyidagi havolada ko`rsatilgan shakldagi xabarnomani Markaz elektron pochtasi (farmakonadzor@ssv.uz)ga jo`natishi talab etiladi.






