Namangan viloyati Davlatobod tuman hokimining innovasiyalarni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan 28 yoshli Qayumov Abdurasul Qudrat o`g`li joriy yil 23 fevral kuni vafot etgan.
Uning vafotiga nafas etishmovchiligi sabab bo`lgani va u Respublika ko`p tarmoqli shoshilinch tibbiy yordam markazi Namangan filialida vafot etgani ma`lum qilindi.
Abdurasul Qayumov 2022 yil 16 avgustdan buyon Davlatobod tuman hokimining o`rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan bo`lgan.
Kayumov 1995 yil Namangan shahrida tug`ilgan. 2018 yil Malayziya Limkopling ijodiy texnologiya universiteti (kunduzgi) tamomlagan. Hokimlikdagi vazifasiga qadar u Davlatobod tumani hokimligi Investisiya va tashqi savdo bo`limi boshlig`i o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.






