Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashmoqchi. Bu haqda u matbuot anjumanida ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz".
"Biz Xitoy bilan katta savdo aylanmasiga egamiz. Gap faqat urushda emas", — dedi davlat rahbari.
Zelenskiyning so`zlariga ko`ra, Ukraina Xitoy bilan iqtisodiy munosabatlarni saqlab qolishdan manfaatdor.
“Xitoy hududiy yaxlitlikni hurmat qiladi, demak, u Rossiyani bizning hududlarimizdan olib chiqish uchun hamma narsani qilishi kerak”, — dedi prezident.
Eslatib o`tamiz, Zelenskiy Rossiyaga Xitoy qurollari etkazib berilishiga yo`l qo`ymaslik uchun qo`lidan kelgan barcha ishni qilishini aytgan edi.






